» » Furqat tumanining “kuchli to‘rtligi” ishdan olindi. Tuman tugatilishi mumkin

Furqat tumanining “kuchli to‘rtligi” ishdan olindi. Tuman tugatilishi mumkin


Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qattiq tanqid ostiga oldi. O‘zbekiston Prezidenti tumanni tugatish bo‘yicha taklif kiritish to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri ma’lum qildi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi vaqtida tumanning to‘rtta rahbari vazifasidan ozod qilingan.

Furqat tumanining ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha eng past. Nima keragi bor, Furqat rayonini yopish kerak. Rayonning kerak, kerak emasligi to‘g‘risida menga taklif beringlar.

Hokimga topshiriq, rayonni to‘rtta rahbarini ishdan olishni menga tavsiya berasan. Bugunni o‘zida prokuroriniyam, melisasiniyam, soliqchisiniyam, hokiminiyam ishdan olasan.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, Furqat tumaniga Ahadjon Madaminov hokimlik qilayotgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют