» » Xorazm viloyat sudi internet orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigitni javobgarlikdan ozod etdi

Xorazm viloyat sudi internet orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigitni javobgarlikdan ozod etdi


11-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudida internet orqali diniy ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan 23 yoshli yigitga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod etildi, deb xabar beradi viloyat sudi matbuot xizmati.

Dastlabki tergov organi tomonidan 1995-yil 30-iyun kuni Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida tug‘ilgan U.M., 2015-yilning oxirlarida dastlabki diniy ta’limotni mustaqil ravishda internet tarmog‘ining “Odnoklassniki.ru” va YouTube saytlardagi diniy sahifalardan o‘rganib, keyinchalik saytlardagi diniy mazmundagi sahifa va videoroliklarni kuzatib borishi davomida, islom diniga aqidaparastlarcha yondashib, o‘zini “Islom Davlati” a’zolaridan deb hisoblab, internet tarmog‘ining diniy saytlarida mavjud bo‘lgan diniy ekstremistik ruhdagi ma’ruza va videolavhalardan foydalanib, ularni “Abdulloh” nomli profiliga joylashtirib, diniy aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materialarni internet jahon axborotidan foydalangan holda A.M.I.ga tarqatib kelganlikda ayblanib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ochiq sud majlisida U.M.ning aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, yoshligi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют