» » Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy uy-joy massivini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezideni Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu yerda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi qaroriga muvofiq 2017-yilda Surxondaryoda 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilmoqda. Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xo‘jalik imoratlari va alohida hovlisi bo‘lgan bir qavatli 10 ta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy va milliy me’morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Prezidenti yosh oila O‘ktam Abdullayev va Malohat Jumayeva xonadonida bo‘lib, ularni yangi uyga ko‘chib o‘tgani bilan tabrikladi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor.

Prezident yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullayeva ko‘rkam, obod va shinam uylarni olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganini aytib, O‘zbekiston Prezidentini duo qildi.

Shavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqning tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoitlari yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi.

Prezident mutasaddi rahbarlarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shaharlardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют