» » Server Jeparov to‘p suradigan “Sepaxon” Aziz Ibragimovning so‘nggi o‘rindagi klubidan yirik hisobda yengildi

Server Jeparov to‘p suradigan “Sepaxon” Aziz Ibragimovning so‘nggi o‘rindagi klubidan yirik hisobda yengildi


Eron chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar 21-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi, deb yozdi “Championat.asia” nashri.

Server Jeparovning “Istiqlol”dagi faoliyati yarim yilga cho‘zilgach, klub uni “Sepaxon” klubiga ijaraga bergandi. Mazkur jamoa o‘z maydonida so‘nggi o‘rinni egallab turgan “Mashinasozi”ni qabul qildi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar tarkibida o‘zbekistonlik Aziz Ibragimov to‘p surdi.

Qo‘lga kiritiladigan ehtimoliy g‘alaba “Sepaxon”ni turnir jadvalida 1-o‘ringa olib chiqishi mumkin edi. Biroq Jeparov jamoadoshlari buning uddasidan chiqa olmadi. Qayd etish kerak, Jeparov tashrifiga qadar “Sepaxon” birorta ham uchrashuvda yirik mag‘lubiyatga uchramagandi.

“Mashinasozi” esa Ibragimov tashrifidan so‘ng mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 13 taga yetkazib oldi. Jamoa qiyin ahvolda ekani bois, o‘zini o‘nglab olish biroz qiyinroq bo‘ladi.

Eron Pro ligasi
21-tur
9-fevral, payshanba

Gollar: Husayn Ibrohimiy, 37 (0:1). Amin Qosiminajod, 49 (0:2). Payam Sodig‘iyon, 79-pen (0:3).

Опубликовано: admin (10-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют