» » Toshkent viloyatida joriy yilda 228 ta MTM foydalanishga topshiriladi

Toshkent viloyatida joriy yilda 228 ta MTM foydalanishga topshiriladi


Toshkent viloyatida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, tuman va shaharlarda 164 nodavlat, 48 davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish va 16 uy-bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda viloyatda 509 maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda bog‘cha yoshidagi bolalarning 35 foizi qamrab olingan bo‘lib, 69 ming 490 jajji o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda.

“Albatta, bu ko‘rsatkich hali yetarli emas, — deydi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i N.Dalaboyeva. — Bu borada Prezidentimizning maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga doir farmon va qarorlari qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi. Shu asosda tashkil etiladigan bog‘chalar hisobiga birgina shu yilning o‘zida 17 ming 500 bola maktabgacha ta’limga qamrab olinadi”.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan 1 ming 869 o‘ringa mo‘ljallangan 32 nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Yangiyo‘llik tadbirkor Rahima Naimova tomonidan Tinchlik mahallasida tashkil etilgan “Bolajon-Polvonjon” xususiy nodavlat bog‘chasi shular jumlasidandir.

Muassasada mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. Ingliz va rus tillari, shuningdek, shaxmat-shashka va raqs to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют