» » Toshkentda haydovchilik hujjatlarisiz avtoulovni boshqarib, 2 piyodani urib yuborgan shaxs 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkentda haydovchilik hujjatlarisiz avtoulovni boshqarib, 2 piyodani urib yuborgan shaxs 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida Yunusobod tumanida yashovchi A.G‘. va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida yashovchi U.B.ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

Muqaddam sudlanmagan A.G‘. joriy yilning 14-yanvar kuni do‘stlarining oldiga borish maqsadida bir tanishining mashinasini so‘rab oladi. Avtoulovni haydovchilik hujjatlarisiz Toshkent shahar Olmazor tumanida boshqarib ketayotganda “Maroqand” to‘yxonasining qarshisida piyodalar Z.R. va M.S.ni bexosdan urib yuborgan. Ularga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilayotganda vafot etgan.

A.G‘. sud majlisida aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Sud aybiga to‘liq iqrorligi, chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, qonuniy vakillarning da’vosi yo‘qligini inobatga olib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan uch yil transport vositasini boshqarishni taqiqlab, bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud majlisida ayblanuvchi U.B.ning ham jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. U muqaddam sudlanganidan to‘g‘ri xulosa chiqarmay, yengil daromad topish maqsadida yana jinoyat ko‘chasiga kirdi. Boshqa shaxslar bilan til biriktirib, odam savdosi bilan shug‘ullandi.

U.B. Toshkent shahrida S.T. va M.G‘. bilan tanishadi. Ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga ko‘ndirib, Olmaota xalqaro aeroporti orqali Turkiyaga jo‘natib yuborgan. U yerda odam savdosi qurbonlarini Sh. ismli ayol va boshqalar qo‘rqitib, fohishalikka majburlagan.

Ayblanuvchi U.B. boshqa qizlarni ham Turkiyaga yubormoqchi bo‘lganda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Sudlanuvchi sud majlisida qilmishidan pushaymon bo‘lgan holda, aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют