» » “Real”ga o‘tib ketgan Lopetegi o‘rniga, Ispaniya termasiga “Qirollik klubi” sobiq himoyachisi bosh murabbiy bo‘ldi

“Real”ga o‘tib ketgan Lopetegi o‘rniga, Ispaniya termasiga “Qirollik klubi” sobiq himoyachisi bosh murabbiy bo‘ldi


“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Fernando Yerro Ispaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi, deb yozadi “Sports.ru”.

Kecha, 12-iyun sanasida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Madridning “Real” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Bugun esa Lopetegi Jahon Chempionatiga bir kun qolganda Ispaniya terma jamoasi murabbiyligidan ozod etildi. Yerro esa endilikda “Real” murabbiyi bo‘lgan Lopetegining o‘rnini egalladi. Fernando bugunning o‘zida terma jamoa a’zolariga yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirildi.

Ma’lumot uchun Ispaniya termasi mundialdagi ilk o‘yinini 15-iyun kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют