» » Balida yuz bergan ko‘chki oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Balida yuz bergan ko‘chki oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyaning kurort oroli — Balida yuz bergan uchta ko‘chki natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Halokat qurbonlari orasida 3 nafar yosh bola bor. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xabar berilishicha, hodisa orolning shimolidagi Kintamani tumanida 9-fevral kuni kechasi yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chkiga kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan.

Shoshilinch xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi jarohatlangan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.

Balida kuchli yog‘ingarchilik haftaning oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan mahalliy ma’muriyat yangi ko‘chkilar yuz berishidan xavotirda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют