» » Norvegiya parlamenti a’zolari Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi

Norvegiya parlamenti a’zolari Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi


Norvegiyaning hukmron partiyasi a’zolari AQSh prezidenti Donald Trampni Koreya yarim orolini yadrosizlantirish haqidagi bitimga erishish yo‘lidagi xizmatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ilgari surdi, deb yozadi Forum Daily.

“Hozir yuz berayotgan hodisalar tarixiy ahamiyatga ega. Dunyomizni tinch kelajak bilan ta’minlashi kerak bo‘lgan jarayon boshlandi. Hozircha bu juda zaif jarayon, shu tufayli u yaxshi natijalar olib kelishi uchun biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak. O‘ylaymanki, buni o‘z pozitsiyamizni aniq qilib bildirish va Trampni tinchlik mukofoti bilan taqdirlash orqali amalga oshirishimiz mumkin”, — dedi Norvegiyaning Progress partiyasi a’zosi Per-Villi Amundsen.

Ammo Tramp 2018-yilda Nobel mukofotini ololmaydi. Bu yil mukofot uchun kurashda eng kechi bilan yanvarda ilgari surilgan nomzodlar qatnashmoqda. Shu tariqa, Tramp mukofotga 2019-yildagina da’vogarlik qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют