» » Buxoroda Captiva sotib olib berishni va’da qilib, 500 dollar talab qilgan “dallol” qo‘lga olindi

Buxoroda Captiva sotib olib berishni va’da qilib, 500 dollar talab qilgan “dallol” qo‘lga olindi


Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza orqali murojaat qilib, hamshahari o‘zining tanishlari orqali avtosalonlardan qisqa muddatlarda Captiva rusumli avtomashinani sotib olib berish evaziga 500 AQSh dollari so‘raganligini ma’lum qildi va ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ariza yuzasidan Buxoro viloyat IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1993-yilda Buxoro shaharda tug‘ilgan shaxs shu shaharda joylashgan “Samarqand” darvozasi oldidagi yo‘l yoqasida ariza muallifidan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun G‘ijduvon tuman IJQKB Departamentiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют