» » Toshkentdagi Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi 23-fevralgacha yopiladi

Toshkentdagi Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi 23-fevralgacha yopiladi


Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11-fevraldan 23-fevralgacha chorraha transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi.

“Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, Sizlardan qurilish vaqtida boshqa ko‘chalardan foydalanishingizni so‘raymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi kompaniya axborotida.

“Gazeta.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, chorrahadan o‘tadigan jamoat transportlarining yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Chorraha uzra qurilayotgan olti polosali, uzunligi 900 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich Navro‘z bayrami (21-mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют