» » OAV: Kim Chen In Singapurdagi sammitda Abe bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi

OAV: Kim Chen In Singapurdagi sammitda Abe bilan uchrashishi mumkinligini ma’lum qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In 12-iyun kuni Singapurda Amerika prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In “bosh vazir Abe bilan uchrashuv o‘tkazish imkoniyati mavjud va bunga uning o‘zi (Kim Chen In) ham tayyor”ligini bildirgan.

Avvalroq, yapon hukumati Kim Chen In bilan KXDR razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yaponiyalik fuqarolarning taqdiriga bog‘liq muammolarni hal etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishga tayyorliklarini ma’lum qilgandi.

Yomiuri gazetasining yozishicha, ayni vaqtda Tokio Abe bilan Kim Chen Inning uchrashuvini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Joriy yilning avgustida Yaponiya bosh vaziri Pxenyanga tashrif buyurishi mumkin.

2002-yilda Pxenyan birinchi bor Yaponiyadan 13 nafar fuqaroni o‘g‘irlab ketganligini tan olgan va ulardan besh nafariga o‘z vataniga qaytishga ruxsat bergan edi. Qolganlari esa o‘lgan deya e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют