» » Termizda olti juft yigit-qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi

Termizda olti juft yigit-qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi


Termiz shahridagi “Grand almaz” to‘yxonasida 12-Mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda kam ta’minlangan oilalarda voyaga yetgan olti juft yigit-qizning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Termiz shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi shahar kengashi va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, Yoshlar ittifoqi faollari, to‘yi bo‘layotgan yoshlarning yaqinlari ishtirok etdi.

“Muborak Ramazon oyida o‘tkazilgan mazkur nikoh to‘ylari ham saxovatpesha xalqimizga xos ana shunday ezgu amallarning yorqin ifodasi bo‘ldi. Serfayz va ixcham dasturxon atrofida o‘tkazilgan tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar yoshlarga ibratli oila barpo etib, muqaddas qo‘rg‘onni asrab-avaylash yo‘lida baxt tiladi. Yangi oilalar sohibu sohibalariga Termiz shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining nikoh guvohnomasi, tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi. Termiz shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ishga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.

San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga bir olam quvonch ulashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют