» » Toshkentda davlatga qarashli “Landshaft dizayn markazi” sotuvga qo‘yildi

Toshkentda davlatga qarashli “Landshaft dizayn markazi” sotuvga qo‘yildi


Toshkentda davlatga qarashli “Landshaft dizayn markazi” sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasiga asoslanib, Spot xabar berdi.

100 foizli davlat unitar korxonasi 72 million so‘mga sotilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi landshaft dizayn markazi o‘z ishini 2004-yilda boshlagan edi. Mazkur markaz Moliya vazirligi qoshidagi G‘aznaxona, Singapur instituti, “Havorang gumbazlar” kafesi atrofidagi hududlar va boshqa ko‘plab loyihalarni taqdim etgan. Aynan ushbu DUK yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarning landshaft dizayni ustida ish olib borgan.

Markaz Me’moriy shaharsozlik kengashi, Arxitektorlar uyushmasi, shuningdek, Floristlar assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.

Bu yerda turli vaqtlarda landshaft dizayni va fitointeryer bo‘yicha master-klasslar o‘tkazib turilgan.

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tashkilot mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Yagona aksioneri sifatida Toshkent hokimiyati ko‘rsatilgan. Hozirda ushbu DUK Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar balansida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют