» » Mubashshir Ahmad: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘rnini hech kum bosa olmaydi

Mubashshir Ahmad: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o‘rnini hech kum bosa olmaydi


Jurnalist Jasur Hamroyev “Azon.uz” ta’sischisi Mubashshir Ahmad bilan ijtimoiy tarmoqlarda onlayn-intervyu uyushtirdi, deb yozadi “Azon.uz”.

Intervyu davomida internet foydalanuvchialrining savollariga ham javob berildi. Xususan, foydalanuvchilardan biri Mubashshir Ahmaddan “O‘zbekistonda shayx hazratlarini o‘rnini to‘ldiruvchi kimni ko‘rasiz?” deb so‘radi.

Mubashshir Ahmad savolga quyidagicha javob berdi:

“Men bu savolga ham aniq javob berolmaydigan kishiman. Sababi, shayx hazratlari vafot etganlaridayam rosa bahs kuchayib ketgan. Alloh taolo shayx hazratlarini rahmat qilsin. U kishining o‘rnini ummat hech qachon to‘ldira olmaydi. Bu aniq narsa. O‘sha paytda rosa baxs munozara ko‘paydi-kim endi shayx bo‘ladi degan. Men shu payt yozganman. Bu shayx maqomi, ayniqsa bizning shayximizdek shayx maqomi insonlar talab qilib yoki kimlardir tomonidan qo‘yiladigan maqom emas. Bu Alloh taolo tomonidan beriladigan maqom. Chunki, Alloh taologa taqvolari, ixloslari, ibodatlari, yaqinliklari, tufayli Alloh taolo bergan bir maqom. Uni inson men shunaqa bo‘laman deb pul bilan ham, mansab bilan ham boshqa bilan ham hal qilolmaydi. Shuning uchun Allohdan so‘raymiz, garchi u kishining darajasida hech kim bo‘la olmasa ham u kishidan quyiroq bo‘ladimi yoki u kishining ba’zi bir vazifasini ado etadimi, yoki jamoaviy shaklda bo‘ladimi, shunaqangi kishilar chiqishligini Alloh taolodan so‘raymiz, umid qilamiz. Balki o‘zlarini vazifalarini bajarib turgan insonlar bordur ham. Alloh taolo ularga tavfiq bersin deymiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют