» » Asrlar oshgan xotira: Next oilaviy majmuasida Bobur tavallud kuni nishonlanadi

Asrlar oshgan xotira: Next oilaviy majmuasida Bobur tavallud kuni nishonlanadi


Next oilaviy savdo-hordiq majmuasida buyuk shoir, faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan bayramona tadbir bo‘lib o‘tadi. 


14-fevral sanasida Zahiriddin Muhammad Boburning asrlar osha yetib kelgan she’riy asarlari atrium hududida milliy musiqiy navolar jo‘rligida sahnalashtirilib, taqdim etiladi.

Musiqa namunalarini IX “Sharq taronalari” an’anaviy xalqaro musiqa festivali sovrindori, yakkaxon xonanda Abror Zufarov boshchiligidagi “Ustozoda” ijodiy jamoasi ijro etadi.

Adabiy kecha dasturida Alisher Navoiy, Lutfiy va jahon adabiyoti tarixida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan boshqa buyuk shoirlarning she’rlari ham yangraydi.

“Toshkent zebolari” milliy raqs ansambli raqqosalari Sharq adabiy kechasi muhitini o‘zining eng nafis chiqishlari bilan tarannum etadi. 

Bobur tavalludiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga taklifnomalar Next majmuasi tomonidan poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari, kollej va litsey, umumta’lim, musiqa va san’at maktablarida tarqatildi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (10-02-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют