» » Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyati tartibga solinadi

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyati tartibga solinadi


“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Huquqiy siyosat tadqiqot instituti Prezidentning 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют