» » Nig‘matilla Yo‘ldoshev Chexiya parlamenti deputatlar palatasi raisini qabul qildi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Chexiya parlamenti deputatlar palatasi raisini qabul qildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida 9-fevral kuni Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Chexiya parlamenti deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek boshchiligidagi delegatsiya billan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Senat raisi ta’kidlaganidek, Chexiya bilan tenglik va o‘zaro hurmatga asoslangan tarixiy aloqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlanishi uchun ishonchli asosdir.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik holati va ularni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv so‘ngida Chexiya parlamenti deputatlar palatasi raisi Yan Gamachekning O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishda muhim rol o‘ynab, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarning yanada rivojlanishiga turtki bo‘lishi qayd etildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют