» » Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi

Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Uchko‘prik tumaniga hokim bo‘ldi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mahmudaliyev Akmaljon Azimjonovich Uchko‘prik tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri ma’lum qildi.

Akmaljon Mahmudaliyev bugun, 14-iyun kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman faollariga tanishtirildi.

Akmaljon Mahmudaliyev 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005-yilda Toshkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.

2007-yildan 2013-yilgacha Davlat don inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida yetakchi va bosh davlat don inspektori lavozimlarida ishlagan.

2013-yilning sentabr oyidan boshlab inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Oldinroq tumanning “kuchli to‘rtligi” — hokim, IIB boshlig‘i, soliq inspeksiyasi rahbari va tuman prokurori ishdan olingani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют