» » Abdulaziz Komilov raisligida TIV Hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi

Abdulaziz Komilov raisligida TIV Hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi


14-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Majlisga raislik qilgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning nutqida vazir o‘rinbosarlari hisobotlarida TIV markaziy devoni va xorijdagi vakolatxonalari faoliyati har tomonlama tahlil qilindi, bunda davlat rahbarining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosiga asosiy e’tibor qaratildi.

Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorda Vazirlik devoni va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari ishiga tanqidiy baho berildi, shuningdek, ular faoliyatini keskin o‘zgartirish bo‘yicha choralar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют