» » Kim Chen In Putinga shaxsiy maktub yo‘lladi

Kim Chen In Putinga shaxsiy maktub yo‘lladi


KXDR yetakchisi Kim Chen in Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shaxsiy maktub yo‘lladi. Maktub solingan konvertni Putinga Shimoliy Koreya Oliy xalq majlisi prezidiumi raisi Kim Yon Nam uchrashuv chog‘ida topshirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Kim Yon Nam Putinga maktubni topshira turib, unga KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning samimiy salomini yetkazgan.

Putin javob tariqasida Shimoliy Koreya yetakchisini Rossiyaga taklif qilgan. Bunda Putin mazkur tashrifni joriy yilning sentabr oyida Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida amalga oshirish mumkinligni ta’kidlagan. Shuningdek, Putin uchrashuvni xalqaro tadbirga bog‘lamagan holda uyushtirish mumkinligni ham aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют