» » Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 20 dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 20 dan ortiq harbiy halok bo‘ldi


Afg‘oniston shimolidagi Saripul viloyatida “Tolibon” radikal harakati jangarilarining nazorat-o‘tkazish punktiga hujumi oqibatida to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi, uch nafari jarohat oldi. Bu haqda, viloyat hokimi Zabihulla Omoniyga tayanib, 1TV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Omoniyning so‘zlariga qaraganda, jang besh soat davom etgan. Hukumat kuchlari qarshi hujumi natijasida yetti nafar jangari o‘ldirilgan, to‘qqiz nafari yaralangan.

Shuningdek, shimoli-sharqiy viloyat Badaxshon hududida toliblar Afg‘on milliy armiyasi nazorat punktiga hujum qildi. Keskin qurolli to‘qnashuv davomida 18 nafar afg‘on askari halok bo‘ldi.

Viloyat kengashi vakillarining ma’lum qilishicha, hujum 13-iyunga o‘tar kechasi Jurm uyezdida amalga oshirilgan. Nazorat punkti toliblar tomonidan egallab olingan. Bosqinchilar tongda, jangovar harakatlar joyiga qo‘shimcha kuch yetib kelgandan keyingina chekingan. To‘qnashuvlar oqibatida 12 nafar jangari yo‘q qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют