» » Navoiyda iste’molchilar jamiyati aralashuvidan so‘ng Nexia-3 egasiga topshirildi

Navoiyda iste’molchilar jamiyati aralashuvidan so‘ng Nexia-3 egasiga topshirildi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning tuman va shahar jamiyatlari tomonidan hech bir murojaat e’tiborsiz qolayotgani yo‘q. Tizim xodimlari “Iste’molchilar manfaatlari har narsadan ustun” degan tamoyil asosida faoliyatini olib bormoqda, deya xabar beradi O‘zA.

Joriy yil 11-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Feruz Ergashev federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qilgan og‘zaki murojaati Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning “Navoiyavtotexxizmat” korxonasiga Nexia-3 uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirgani, ammo shartnoma muddati tugagan bo‘lishiga qaramasdan hanuzgacha avtomashinani ololmayotganligi qayd etilgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida 13-iyun kuni fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi. F.Ergashev qisqa muddatda yangi yengil avtomobilga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют