» » IIV axboroti: Yunusobodda to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH Spark haydovchisining qoidabuzarligi ortidan yuz bergan

IIV axboroti: Yunusobodda to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH Spark haydovchisining qoidabuzarligi ortidan yuz bergan


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Toshkentning Yunusobod tumanida 9-fevral oqshomida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

9-fevral kuni soat taxminan 22:30 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Yangi Yunusobod ko‘chalari chorrahasida 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Spark rusumli hamda 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi axborotida

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida yo‘l-transport hodisasi Spark avtomashinasi haydovchisi Yo‘l harakati qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzib, chorrahaga katta tezlikda kirib kelganligi oqibatida sodir bo‘lgani aniqlangan.

Mavzuga doir: Yunusobodda Spark va Matiz ishtirokida yirik avariya yuz berdi, qurbonlar bor

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют