» » Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga safari, Toshkentda to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariya, Dushanbedan so‘nggi 25 yildagi birinchi aviaqatnov va kunning boshqa muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga safari, Toshkentda to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avariya, Dushanbedan so‘nggi 25 yildagi birinchi aviaqatnov va kunning boshqa muhim xabarlari


10-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Prezidentning eng janubiy viloyatdagi safari davom etmoqda.

2. Tojikiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga 1992-yildan buyon ilk texnik reysni amalga oshirdi. Muntazam aviaparvozlar 2017-yil 20-fevraldan qayta yo‘lga qo‘yiladi.

3. Yunusobodda Spark va Matiz ishtirokida yirik avariya yuz berdi, to‘rt kishi halok bo‘ldi. IIV axborotiga ko‘ra, YTH Spark haydovchisining qoidabuzarligi sabab yuz bergan.

4. Shavkat Mirziyoyev Toshkent chorrahalaridagi videokuzatuv tizimini qisqa muddatda ishga tushirishga ko‘rsatma berdi. Hozirgi kunda Toshkentda 120 ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlangan.

5. Toshkentdagi Muqimiy—Bunyodkor chorrahasi 23-fevralgacha yopiladi. Yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan. Obyekt 21-martda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют