» » Buxoroda 16 yillik qamoq jazosini o‘tab qaytgan shaxs tog‘asiga bolta va pichoq bilan hamla qildi

Buxoroda 16 yillik qamoq jazosini o‘tab qaytgan shaxs tog‘asiga bolta va pichoq bilan hamla qildi


1970-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan Nurali Shukurov 2001-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi hukmiga asosan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, 2017- yilning avgust oyida jazoni to‘liq o‘tab chiqqanidan so‘ng tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga qaytgandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Umrining 16 yilini qamoqda o‘tkazgan Nurali Shukurov tegishli xulosa chiqarish o‘rniga yana jinoyat ko‘chasiga kirdi. 2018-yilning 19-fevral kuni tumandagi Shibirg‘on qishlog‘ida tog‘asi Jabbor Siddiqov bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelishmovchilik yuzaga keladi. Nurali tog‘asini avval orqasidan 2 marotaba bolta bilan, so‘ngra yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qorin qismiga uradi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida Jabbor Siddiqovning hayoti saqlab qolindi. Nurali Shukurov shu kunning o‘zida qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi J.Jumaniyozov raisligida o‘tkazilgan sud majlisida Nurali Shukurov Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют