» » Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev haqida: aqlli, iste’dodli odam va mening do‘stim

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev haqida: aqlli, iste’dodli odam va mening do‘stim


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston bilan munosabatlar rivojidagi yuqori dinamikani qayd etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Bu haqda u O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“So‘nggi bir yil, yoki yangi davrni hisobga oladigan bo‘lsak, balki undan sal ko‘proq vaqt ichida Belarus-O‘zbekiston aloqalarida o‘tgan 20 yildagidan ko‘proq narsaga erishdik, men bu haqda do‘stim Shavkatga (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga) ko‘p aytaman. Mening xizmatim bu yerda minimum. Hamma xizmat sizning prezidentingizniki. Bosh vazir chog‘idayoq butun dunyoni ko‘rib, nafaqat Minsk-Toshkent nuqtai nazaridan, balki barcha yo‘nalishlar bo‘yicha vaziyatni xotirjamlik bilan baholagan va katta qadamlar bilan olg‘a siljigan aqlli, iste’dodli odam”, — dedi Belarus rahbari.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat prezidentlari Xitoydagi ShHT sammiti doirasida yaqindan gaplashib olgan.

Belarus prezidenti O‘zbekistonning asosiy yutuqlari iqtisodiyotda ekanligini aytdi.

“Biz, albatta, sizning muvaffaqiyatlaringizdan xursandmiz. Biz sizning faol tarafdorlaringizmiz… Bizga suyanishingiz mumkin”, — deya ishontirdi Lukashenko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют