» » “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2017-yilda 815 mln dollarni o‘zlashtiradi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2017-yilda 815 mln dollarni o‘zlashtiradi


“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning prognoziga ko‘ra, 2017-yilda kompaniya tomonidan 49 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha 815 million dollardan ziyod mablag‘ o‘zlashtiriladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Axborotda qayd etilishicha, material va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha 24 loyiha Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh) doirasida amalga oshiriladi.

Moliyalashtirish manbalari sifatida

Kompaniya 2017-yilda “Buxoro—Miskin” temiryo‘li qurilishi va “Qarshi—Termiz” temiryo‘lini elektrlashtirishni yakunlashni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, “Pop—Namangan—Andijon” temiryo‘lini elektrlashtirishni boshlash, Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘li ikkinchi navbati va Sirg‘ali yo‘lini hamda ekskavatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavodni qurish ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda 9 ta obyektni foydalanishga topshirish maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, 2016-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 831 mln dollardan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют