» » “Arzon” iPhone 2018 kutilganidan bir oy oldin taqdim etilishi mumkin

“Arzon” iPhone 2018 kutilganidan bir oy oldin taqdim etilishi mumkin


Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Apple’ga displey yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya iPhone X usulbidagi “arzon” smartfonlar uchun JK-panellarni ishlab chiqarishda ayrim muammolarga duch kelmoqda, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Shu sababli joriy yilning sentabrida tadim etilishi kutilayotgan iPhone’ning uchta modelidan biri qolgan ikkitasiga qaraganda ikki oy kechroq chiqadi.

“Rozenblatt” kompaniyasidan bo‘lgan Chjun Channing hisobotlarida yozilishicha, JK-displeyli iPhone “kutilganidan bir oy oldin” ishlab chiqarishga yuboriladi. Biroq Chjun hisobotida aniq muddatni keltirib o‘tmagan.

Tahlilchilarning fikricha, “arzon” iPhone OLED-modellari orasidagi eng mashhuriga aylanishi mumkin. Joriy yilning ikkinchi yarmida Apple o‘zining yangi gadjetlaridan 85 million nusxada sotishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Apple iPhone va iPad’larni quvvatlantirish adapterlarini yetkazib beruvchini ham almashtiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют