» » Ham chiroyli, ham issiq: yaxmalak uchishga kiyish mumkin bo‘lgan liboslar

Ham chiroyli, ham issiq: yaxmalak uchishga kiyish mumkin bo‘lgan liboslar


Qish ajoyib fasl. Ajoyibligi shundaki, maza qilib chanada uchish yoki yaxmalakka borish mumkin. Lekin bizning iliq iqlimda har doim ham chanada uchish imkoni bo‘lmasa-da, bemalol konkida uchish mumkin.

Chiroyli ko‘rinish va sovqotmaslik uchun yaxmalak sayriga qanday kiyinsa bo‘ladi?

1. Bu qishda puxoviklar tamomila modaga qaytdi, lekin o‘ziga xos bichim va shakllarda. Demak ko‘rshapalak yengli kurtka ayni muddao bo‘ladi. Uni issiq vodalazka, shapka va yelkaga taqiladigan kichkina sumkacha bilan to‘ldirish mumkin.

2. 2017-yilda sariq rang juda urf bo‘ldi. Bemalol sariq rangli kurtka kiysangiz bo‘ladi. Agar yubka kiymoqchi bo‘lsangiz trapetsiya yoki quyosh shaklidagisini tanlashingiz mumkin. Faqat issiq kolgotka kiyishni unutmang.

3. Sport uslubini yoqtiruvchilar kalta kurtka bilan leggins kiyishi mumkin. Sumka o‘rnida qulay bo‘lishi uchun ryukzak taqsangiz bo‘ladi.

4. Kalta paltoda konki uchsa bo‘ladimi? Bemalol issiq jemper bilan birga kiysangiz bo‘ladi. Bu ko‘rinishga A shakldagi yubkacha va popukli shapka ham juda mos tushadi.

5. Nam o‘tkazmaydigan qulay shim, jun kardigan va an’anaviy qishki naqsh solingan shapka birgalikda ajoyib qiyofa yaratishga yordam beradi.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют