» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi


Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ramziy tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari o‘tgan yili 1-sentabr kuni poytaxtdagi Hazrati Imom majmuasida bo‘lib, mazkur markaz qurilishi, maqsad va vazifalari yuzasidan ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosda qadimiy majmua yonidan o‘n gektarga yaqin joy ajratildi. Loyiha ishlab chiqilib, hudud qurilishga tayyorlandi.

15-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshi qo‘ydi.

Davlat rahbari tadbirga yig‘ilgan diniy ulamolar va barcha yurtdoshlarni Ramazon hayiti bilan tabriklab, markaz qurilishining shunday ulug‘ ayyom kunida boshlanayotgani zamirida ezgu niyat, chuqur mazmun borligini ta’kidladi.

Bu markazni qurishdan maqsad islom ma’rifatini o‘rganish, bobolarimizning buyuk merosini avvalambor xalqimizga, dunyo hamjamiyatiga yetkazishdir. Xudo xohlasa, hamma sa’y-harakatlarimiz yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, ilm-fanga, madaniyatga, tinchlik-osoyishtalikka zamin yaratadi, dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritadigan ushbu markazning asosiy g‘oyasi ajdodlarning islom dini rivojiga ulkan hissasini targ‘ib etish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishdir. Shu maqsadda bu yerda muzey tashkil etiladi, ilmiy faoliyat yo‘lga qo‘yiladi. O‘zbekistonda yetishib chiqqan olim va mutafakkirlar merosining tarixiy va zamonaviy sivilizatsiyadagi o‘rni tadqiq etiladi. Ularning ilmiy-ma’naviy jasorati, ulug‘ insoniy fazilatlari keng targ‘ib qilinadi. Mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining insonparvarlik mohiyati chuqur ochib beriladi.

Markaz binosi O‘zbekistondagi qadimiy madrasalar ko‘rinishida, gumbazli qilib quriladi. Kutubxona, axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar, konferensiya zali, xizmat xonalari va boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi.

Biz shunday buyuk merosning davomchilari bo‘la turib, ilmda ortda qoldik. Bugungi tashabbuslarimiz, boshlagan ishlarimizni barcha musulmon mamlakatlari tan olyapti. Endi shunga munosib bo‘lishimiz, ilm-ma’rifatda o‘rnak bo‘lishimiz kerak, dedi davlat rahbari.

Jamiyatda mehr-oqibat muhitini yaratish, adashganlarni avf etish, imom-xatiblar malakasini oshirish, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют