» » Toshkentda Xiaomi Redmi smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Xiaomi Redmi smartfoni sotuvga chiqdi


Xiaomi kompaniyasi O‘zbekistonda Redmi S2 smartfonini sotishni boshladi, deb yozmoqda “Mobinfo.uz”.

Yangi smartfon bir vaqtning o‘zida 3 ta karta (2 ta SIM-karta va microSD) bilan ishlashi mumkin.

Xiaomi Redmi S2 5,99 dyuymli va 1440х720 pikselli displey, Qualcomm Snapdragon 625 protsessori va 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Asosiy kamerasi Sony IMX486 (12 megapiksel) va Samsung S5K5E8 (5 megapiksel) datchiklariga ega. Frontal kamerasining imkoniyati — 16 megapiksel. Smartfon 3 Gb operativ va 32 Gb flesh-xotiraga ega.

Xiaomi Redmi S2 o‘lchamlari — 160, 73x77, 26x8,1 mm. Qurilma Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.

Poytaxt bozorlarida Xiaomi Redmi S2 smartfoni 1,360,000 so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют