» » Tramp Iroq bosh vaziri bilan immigratsiya bo‘yicha farmonini muhokama qildi

Tramp Iroq bosh vaziri bilan immigratsiya bo‘yicha farmonini muhokama qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp va Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Amerika yetakchisining Iroq fuqarolariga ham talluqli bo‘lgan immigratsiya farmonini muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Bosh vazir farmonda keltirilgan davlatlar ro‘yxatidan Iroqni chiqarib tashlash va iroqliklarning AQShga safar qilish huquqi masalasini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi al-Obodiyning vakili bergan bayonotda.

Vakilga ko‘ra, “Tramp mazkur masala yechimini tez orada topish uchun muvofiqlashtirish muhimligini bildirgan va AQSh Davlat departamentiga bu borada ko‘rsatma berishini va’da qilgan”.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning farmoniga binoan Iroq, Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining AQSh hududiga kirishiga 90 kunlik cheklov o‘rnatilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют