» » Dengiz mahsulotlarining dasturxonlarga yetib kelishgacha bo‘lgan yo‘li (foto)

Dengiz mahsulotlarining dasturxonlarga yetib kelishgacha bo‘lgan yo‘li (foto)


TravelAsk baliqchi va fotograf Kori Arnoldning dengizga sayohatlari davomida olgan suratlarini taqdim qildi.

Kori Arnold AQShning quyoshli Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U bolaligidan otasi bilan baliq oviga borishni yoqtirar edi. Arnold Arizona universitetida tahsil olib, san’at yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Biroq u o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamadi, aksincha hamma uchun kutilmaganda Alyaskaga ketdi va baliq ovi bilan shug‘ullanish uchun kemaga yollandi. Shunday qilib bolalikdagi qiziqishlari uning kasbini belgilab berdi.

Korining yana bir qiziqishi bor — fotografiya. U kemada juda ko‘p sayohat qilgan, biroq ochiq dengizda necha kunni o‘tkazmasin, u kamerani qo‘ldan qo‘ymadi. Hozirda Kori Arnold dunyo bo‘ylab sayohat qiladi va o‘zi olgan suratlarining ko‘rgazmalarini tashkil qiladi. Arnoldning so‘zlariga qaraganda, u tijorat va ekologiya birgalikda mavjud bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqchi. Shuningdek, Arnold dengiz mahsulotlarining do‘konlar rastalariga qanday qilib yetib kelishini suratlari orqali tushuntirib beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют