» » O‘zbekiston milliy termasi “Amkar”ni mag‘lub etdi: Babayan ishonadigan Lobanov penalti qaytardi, Sergeyev esa gol urdi

O‘zbekiston milliy termasi “Amkar”ni mag‘lub etdi: Babayan ishonadigan Lobanov penalti qaytardi, Sergeyev esa gol urdi


JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 10-fevral kuni Rossiya Premyer-ligasi vakili – “Amkar” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

O‘FF matbuot xizmatining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, uchrashuvning 20-daqiqasida O‘zbekiston termasi hujumchisi Igor Sergeyev raqib darvozasiga gol kiritdi. Aynan uning goli uchrashuvda yagonaligicha qoldi va Samvel Babayan jamoasi g‘alaba qozondi.

Qayd etish joiz, uchrashuvga sardor sifatida chiqqan O‘zbekiston termasi posboni Aleksandr Lobanov penatli qaytarishga erishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur yig‘in doirasida ertaga, 11-fevral kuni Armanistonning “Alashkert” klubiga qarshi bahs yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoaning 2017-yil hisobidan birinchi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini 21–24-yanvar kunlari BAAda tashkil etilgandi. Unda O‘zbekiston avval Daniya U-23 termasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, keyin esa Gruziya termasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.

Mavzuga doir: Gruziyani mag‘lub eta olmagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida pastga sho‘ng‘idi

O‘rtoqlik uchrashuvi
10-fevral, juma
Turkiya, Antaliya

Gol: Igor Sergeyev

O‘zbekiston terma jamoasi (boshlang‘ich tarkib): Aleksandr Lobanov, Rustam Ashurmatov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Stanislav Andreyev, Salamat Quttiboyev, Azim Ahmedov, Davron Hoshimov, Jamshid Iskanderov, Eldor Shomurodov, Marat Bikmayev, Igor Sergeyev.

“Amkar”: Xomich (Budakov, 70), Konde, Zanev, Zaysev, Gigolayev (Idovu, 60), Milkovich, Ogude (Yovichich, 46), Komolov (Anene, 65), Gol, Kostyukov, Bodul (Salugin, 60).

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют