» » Davlat xizmatlari agentligi va Huawei kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Davlat xizmatlari agentligi va Huawei kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi


Davlat organlari, vazirlik va idora vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda “Elektron hukumat” va elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan Bosh prokuratura, Majburiy ijro byurosi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi vakillari o‘rin oldi.

Delegatsiya a’zolari Huawei kompaniyasining Shenchjen shahridagi shtab-kvartirasida bo‘lib, xitoylik hamkasblari bilan davlat boshqaruvi organlarini rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashni muhokama qildi. Uchrashuvda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Huawei kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish, ularni amaliyotga joriy etish va integratsiya qilish bo‘yicha yagona yondashuv ishlab chiqish sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.

Mehmonlar Xanchjou va Szyasin shaharlarida ham bo‘lib, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishda qo‘llanilayotgan eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari hamda elektron va avtomatlashgan davlat xizmatlarini taqdim etish jarayoniga AKTni joriy qilish uslublari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют