» » Krishtianu Ronaldu soliqlardan qochganini tan oldi, endi u qamoqqa tushmaslik uchun 18,8 mln yevro to‘laydi

Krishtianu Ronaldu soliqlardan qochganini tan oldi, endi u qamoqqa tushmaslik uchun 18,8 mln yevro to‘laydi


Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Kirishtianu Ronaldu soliqlardan qochganini tan oldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Unga ko‘ra Krishtianuga qo‘yilgan 4 ta soliq jinoyati bo‘yicha ayblovning har biri uchun 6 oylik ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanar edi. Futbolchi esa qamoqdan qutilib qolish uchun 18,8 million yevro jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun avvalroq Ispaniya prokuraturasi bayonotida Ronaldu daromadlarini yashirish maqsadida 2010-yilda yaratilgan kompaniyaning nomidan foydalangani haqida xabar berilgan edi. Gap taxminan 15 million yevrolik qalloblik haqida ketmoqda.

Avvalroq, shuningdek, futbolchining soliq tufayli yuzaga kelgan muammolari sabab “Real”ni tark etishi haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют