» » Xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan hamkorlik bo‘yicha davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan hamkorlik bo‘yicha davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi


Xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ushbu sohada davlat siyosatini takomillashtirish topshirig‘i 2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish Davlat dasturiga kiritilgan, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatning boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati Konsepsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida jamoatchilik ko‘rib chiqishi uchun joylashtirildi.

Barcha qiziqishi bo‘lgan shaxslar konsepsiya loyihasi bilan tanishish va hujjat yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют