» » JCh—2018. Ronaldudan xet-trik, Kostadan dubl. Portugaliya Ispaniya bilan jangovar durang qayd etdi (video)

JCh—2018. Ronaldudan xet-trik, Kostadan dubl. Portugaliya Ispaniya bilan jangovar durang qayd etdi (video)


Hozirgina Rossiyadagi Jahon Chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Portugaliya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 4-daqiqadayoq ochildi. Krishtianu Ronaldu o‘z ishlagan penaltini golga aylantirdi. Oradan 20 daqiqa o‘tib, Diyego Kosta hisobni tenglashtirid. 44-daqiqaga kelib Ronaldu Portugaliyani yana bir bor hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim 2:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasiga kelib Diyego Kosta katta sahnaga chiqib, hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Nacho chiroyli gol urishga erishdi. Ammo o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘yish Ronalduga nasib etdi. Krishti o‘z ishlagan jarima zarbasini golga aylantirib, xet-trikka erishdi.

O‘yin jangovar 3:3 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Mazkur natija sabab 1-tur o‘yinida Marokashni mag‘lub etishga erishgan Eron “B” guruhi peshqadamiga aylanib oldi.

Jahon Chempionati

“B” guruhi, 1-tur bellashuvi

15-iyun, juma

?Gollar: 1:0 – 4, penalti Ronaldu, 1:1 – 24 Diyego Kosta, 2:1 – 44 Ronaldu, 2:2 – 55 Diyego Kosta, 2:3 – 58 Nacho, 3:3 – 88 Ronaldu.

Portugaliya: Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 80), Bernardu Silva (Kuarejma, 69), Brunu Fernandesh (Joau Mariu, 68), Ronaldu.

Ispaniya: De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva (Vaskes, 86), Inesta (Alkantara, 70), Diyego Kosta (Aspas, 77).

Ogohlantirishlar: Buskets (17), Brunu Fernandesh (28).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют