» » Samarqand viloyatida 7 ta bog‘cha yangidan quriladi, 251 tasi rekonstruksiya qilinadi

Samarqand viloyatida 7 ta bog‘cha yangidan quriladi, 251 tasi rekonstruksiya qilinadi


2017—2021-yillarda Samarqand viloyatidagi 281 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Bu haqda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Umarov O‘zAga ma’lum qildi.

Viloyatda 7 ta maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 251 bog‘chada rekonstruksiya, 23 tasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Muassasalar zamonaviy talablarga javob beradigan mebel va boshqa jihoz, uskuna, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia vositalari bilan ta’minlanadi.

2017-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturida viloyat bo‘yicha 28 ta maktabgacha ta’lim muassasasini kapital rekonstruksiya qilish, 4 tasini kapital ta’mirlash belgilangan.

Ayni paytda mazkur obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют