» » “To‘xtatib bo‘lmas Ronaldu”. De Xea darvozasini 3 marta ishg‘ol qilgan Krishtianu sobiq “realchi” Pushkash o‘rnatgan Yevropa rekordiga yetib oldi

“To‘xtatib bo‘lmas Ronaldu”. De Xea darvozasini 3 marta ishg‘ol qilgan Krishtianu sobiq “realchi” Pushkash o‘rnatgan Yevropa rekordiga yetib oldi


Ispaniya termasiga qarshi o‘yinda xet-trikka erishgan 33 yoshli Krishtianu Ronaldu o‘zining Portugaliya termasi safida urgan gollari sonini 84 taga yetkazib oldi va Yevropa terma jamoalari safida gol urish borasida Vengriya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ferens Pushkash rekordi bilan tenglashib oldi, deb yozadi ESPN.

Endi ularda bir xil 84 tadan gol mavjud. Ulardan oldinda esa Yevropada hech kim yo‘q.

Jahon bo‘yicha esa terma jamoalarida gol urish borasida Ali Dayi yetakchi hisoblanadi. Ali Eron termasi safida 109 ta gol urishga erishgan. Ronaldu esa endilikda Ferens Pushkash bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Ma’lumot uchun Ferens Pushkash ham vaqtida “Real Madrid” sharafini himoya qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют