» » Konimexda Cobalt ag‘darildi. 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi

Konimexda Cobalt ag‘darildi. 3 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohatlandi


Navoiy viloyatining Konimex tumanida 14-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. “Navoiy—Uchquduq” yo‘lida Cobalt haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va mashina ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Avtomobil yo‘lovchisi, Zarafshon shahrida yashagan P.X. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Shuningdek, ushbu shaharda yashagan S.E. ismli ayol hamda uning qizi, maktab o‘quvchisi A.R. jarohat olib kasalxonaga yotqizildi, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayotdan ko‘z yumdi.

Haydovchi Sh.E. va uning qolgan yo‘lovchilari — Zarafshon shahrida yashovchi G.O‘. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i, Buxoro davlat universiteti talabasi X.R. yaralanib, kasalxonaga yotqizildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют