» » Markaziy Osiyo baykerlari “Ko‘chmanchi yo‘li” xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi

Markaziy Osiyo baykerlari “Ko‘chmanchi yo‘li” xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi


Qirg‘iziston mototsiklchilari uyushmasi Markaziy Osiyo mototsiklchilari birlashmasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston moto klublari bilan hamkorlikda “Ko‘chmanchi yo‘li” uchinchi xalqaro motopoygasini tashkillashtirdi. Motopoyga ishtirokchilari to‘rt mamlakat — O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan o‘tgan Buyuk Ipak Yo‘li yo‘llari bo‘ylab harakatlanadi, deb xabar berdi Sputnik.

Motopoyganing asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda do‘stlik, hamjihatlik va mustahkam oila ruhida motomadaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Motopoygachilar orasida Rossiyaning Tyumen shahridan kelgan bayker-ayol Mariya Yakutenko ham bor.

“Motopoygachilar orasida ayol-baykerlarning borligi bu tabiiy hol”, — deya ta’kidlaydi poyga ishtirokchilaridan biri Ilyaz Tuleyev va Tojikistondan ham ular safiga erkak baykerlar qatorida bir nafar ayol-bayker qo‘shilishini aytib o‘tgan. Qirg‘iziston mototsiklchilari uyushmasi raisi Asqad Seitbekovning so‘zlariga ko‘ra, motopoyga ishtirokchilari 12-iyun kuni Olmaotada to‘plangan va ertasi kuni yo‘lga chiqqan. Kuni kecha ular Toshkent shahriga yetib kelgan.

“Ushbu motopoyga Qirg‘izistonda o‘tadigan Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlariga bag‘ishlanadi. Ushbu aksiya orqali turli davlatlardagi internet tarmog‘i, ijtimoiy sahifalar foydalanuvchilari o‘ziga xos olimpiya o‘yinlari bo‘lgan Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari, bu o‘yinlarning ahamiyati haqida xabardor bo‘ladilar. O‘zbekiston hukumatiga esa bizga ko‘rsatgan yordamlari uchun barcha baykerlar nomidan tashakkur izhor qilaman”, — deydi Seitbekov.

O‘ttiz yetti nafar motopoygachilar bugun Toshkent shahridan Samarqandga qarab yo‘l oldi.

Samarqanddan so‘ng ular Tojikistonning Dushanbe, Xo‘jand shaharlaridan o‘tadi va O‘shga kirib boradi. So‘ngra baykerlar “Toktogul—Bishkek—Issiqko‘l” marshruti bo‘ylab harakatlanadi. Har bir shaharda ularning safi kengayib boraveradi.

Motopoygachilar o‘z marshrutini 24-iyun kuni Issiqko‘lda bo‘lib o‘tadigan “Qirg‘iziston gavhari” xalqaro Bayk Fest bayrami arafasida yakuniga yetkazishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют