» » Farg‘onada sobiq vazir va Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari viloyat hokimi o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Farg‘onada sobiq vazir va Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari viloyat hokimi o‘rinbosarlari etib tayinlandi


Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezidentning davlat maslahatchisi Umar Ismoilov ishtirok etgan sessiyada davlat rahbarining joriy yil 12—13-iyun kunlari Farg‘onaga tashrifi davomida belgilab bergan vazifalar, viloyat faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar, tashkiliy hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Akmalxon Ortiqov viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Shuhrat Teshayev esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganligi ma’qullandi.

Yig‘ilishda viloyat hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosarlari mamlakat rahbari e’tiboriga tushgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali ishlagan eng yaxshi kadrlardan ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot uchun, Akmalxon Ortiqov Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Shuhrat Teshayev esa muqaddam qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют