» » Farg‘ona viloyatida bir kunda yuz bergan ikki YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi

Farg‘ona viloyatida bir kunda yuz bergan ikki YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi


Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida 15-iyun kuni Cobalt va Lacetti avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV.

Hodisa oqibatida Cobalt’dagi yo‘lovchilar — ikki ayol vafot etgan. Cobalt haydovchisi va vafot etgan ayollardan birining nevarasi (o‘quvchi), shuningdek Lacetti haydovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Shu kuni viloyatning Oltiariq tumanida Captiva avtomobili ishtirokida YTH yuz bergan — haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashina yo‘lovchisi vafot etgan, haydovchi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq, 14-iyun kuni Navoiy viloyatining Konimex tumanida yuz bergan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют