» » Astronomlar birinchi marta qora tuynukning yulduzni yutib yuborishi jarayonini ko‘rdi (video)

Astronomlar birinchi marta qora tuynukning yulduzni yutib yuborishi jarayonini ko‘rdi (video)


Ispaniyalik olimlarning kuzatuvlari natijasida odamlar birinchi marta qora tuynuk yulduzni tom ma’noda mayda bo‘laklarga ajratib tashlayotganini, so‘ng uni yutib, keyinchalik uloqtirib yuborayotganini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Nur.kz”.

Ushbu kosmik hodisani Andalusiyadagi Astrofizika instituti olimlari videorolik ko‘rinishida namoyish etdi.

Astronomlar ta’kidlashicha, uzoq vaqtlar davomida insoniyat yulduzlarning qora tuynuk tomonidan yutib yuborilishi haqidagi ma’lumotdan bexabar bo‘lgan, chunki bunday yirik qora tuynuklar Yer sayyorasidan hech qachon ko‘rinmagan.

Olimlar WHT infraqizil teleskopi orqali Yerdan 150 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan Arp 299 galaktikasi yadrosidagi issiqlik chaqnashini kuzatdi.

Mutaxassislar shunday xulosaga keldiki, qora tuynuk yulduzni Yerda dinozavrlar erasi davom etayotgan vaqtda yutib yuborishni boshlagan. Ammo bu ma’lumotlar Yer sayyorasigacha endi yetib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют