» » Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi sayyor sud majlisini o‘tkazdi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi sayyor sud majlisini o‘tkazdi


Buxoro viloyati Qorako‘l tuman ma’muriy sudi raisi A.Hamidov raisligida tashkil qilingan mazkur sudda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar, mahalla faollari va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar ishtirok etdi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Sayyor sud majlisida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan hududiyligi bo‘yicha Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bojxona postida sodir etilgan 15 dan ortiq huquqbuzarliklar yuzasidan yuritilgan ish materiallari ko‘rib chiqildi.

Huquqbuzarliklarni bartaraf etish, bu borada mavjud taklif va mulohazalarni o‘rganish, sudlar faoliyatini ochiqligi va shaffofligini namoyon qilish, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlashda sayyor sudlarning ahamiyati juda ham katta.

Sayyor sud yakunida Qorako‘l tuman ma’muriy sudi raisi A.Hamidov aholining huquqiy ongini yanada oshirish, fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish bo‘yicha sud idoralari har qanday ko‘mak berishga tayyor ekanligini yana bir bora bildirib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur sayyor sudda ko‘rib chiqilgan huquqbuzarlik holatlarida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarning aksariyati bojxona organlariga taqdim qilinadigan bojxona yuk deklaratsiyalarini to‘ldirishda sodir etilgan xato va kamchiliklari uchun javobgarlikka tortilgan.

Javobgarlikka tortilganlar orasida bu turdagi huquqbuzarlikni ilk bora sodir etgan A.Q ham bor. Uning moddiy ahvolini inobatga olgan holda shuningdek mahalla faollarining ushbu shaxs haqidagi ijobiy tavsifnomalaridan kelib chiqib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 33-moddasiga binoan yengil jazo chorasi qo‘llanildi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni muhokamalar markazida bo‘ldi.

Biznesni yuritishdagi ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qilish va kafolatlashning bozor hamda huquqiy mexanizmlarini muntazam ravishda izchil mustahkamlab borish, respublikada investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan kuchlarni jamlash maqsadida qabul qilingan mazkur Farmon bojxona brokerlariga ham qator qulayliklarni taqdim qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-iyunidan boshlab, bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют