» » Afg‘onistondagi portlash qurbonlari soni 35 kishiga yetdi

Afg‘onistondagi portlash qurbonlari soni 35 kishiga yetdi


Afg‘onistonning Nangarxar viloyati sharqida 16-iyun, shanba kuni xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 35 kishiga yetdi. Bundan tashqari, 65 kishi jarohat olgan. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq hayit bayrami sharafiga uyushtirilgan bayramdagi portlashda 26 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi zimmasiga olgan.

Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani muqaddas Ramazon oyi yakunlangani sharafiga 11-iyundan 19-iyungachaga bo‘lgan davrda toliblar bilan vaqtinchalik bir tomonlama yarashuv haqida e’lon qilgan edi. “Tolibon” harakati ham uch kunga o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilgan edi.

16-iyun, shanba kuni Afg‘oniston prezidenti bir tomonlama tartibda yarashuv davrini uzaytirish haqida e’lon qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют