» » Jarima zarbasidan gol urgan Aleksandr Kolarov Serbiya—Kosta-Rika uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Jarima zarbasidan gol urgan Aleksandr Kolarov Serbiya—Kosta-Rika uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi


?FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Serbiya terma jamoasi sardori Aleksandr Kolarov Kosta-Rikaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limda aynan Aleksandr Kolarov tomonidan hal etildi. “Roma” himoyachisi 57-daqiqa jarima zarbasini golga aylantirib, Keylor Navasni ojiz qoldirdi.

Shu tariqa Serbiya Jahon Chempionatini g‘alaba bilan boshlab, “E” guruhi peshqadami bo‘lib oldi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi bugun tunda, 23:00 Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют