» » AQSh va Janubiy Koreya harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishni rejalashtirmoqda

AQSh va Janubiy Koreya harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib turishni rejalashtirmoqda


AQSh va Janubiy Koreya KXDR bilan muloqotni inobatga olib, hafta oxiriga qadar keng ko‘lamli harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatib turish haqida e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya hukumatidagi manbasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Janubiy Koreya va AQSh harbiy hukumatlari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari yuzasidan yaqin maslahatlar o‘tkazdi, AQSh prezidenti Donald Tramp ularni to‘xtatishga so‘z berdi”, — deydi agentlik manbasi.

Ikki mamlakat mudofaa vazirlari muzokaralar natijalari haqida e’lon qiladi.

Shimoliy Koreya rejimi yadro qurolidan voz kechish bo‘yicha majburiyatlariga rioya qilmagan taqdirda o‘quv mashg‘ulotlari yana yo‘lga qo‘yiladi.

12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan sammitdan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya bilan “maqsadga muvofiq bo‘lmagan va qimmatga tushadigan” o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют